Jizzaxda tabiatga ziyon yetkazish boʻyicha 58 ta holat aniqlandi
Jizzaxda viloyat IIB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi hamda viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlaridan iborat tezkor guruhning ekologiyani muhofaza qilish yuzasidan faoliyati yoʻlga qoʻyilib, muntazam ravishda reydlar oʻtkazilmoqda.
Natijada noqonuniy ravishda ov qilish, baliq ovlash, daraxt va oʻsimliklar dunyosiga ziyon yetkazish, chiqindilar bilan bogʻliq salbiy holatlar aniqlangan. Maʼlumot oʻrnida aytish kerakki, 6-sentabrdan bugungacha viloyatning barcha shahar va tumanlarida 46 ta reyd tashkil etilib, 58 ta maʼmuriy huquqbuzarlik holatlari aniqlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring