Jizzaxda suvli maydonlarda g‘alla ekish ishlari yakunlandi

15:29 04 Noyabr 2021 Jamiyat
822 0

Jizzax viloyatida 2022 yil hosili uchun 93 ming 500 gektar suvli maydonlarda g‘alla ekish ishlari to‘liq yakunlandi.

Viloyatda joriy yilgi mavsumda davlat resursi uchun 193 ming 300 tonna don qabul qilinib, hosil cho‘g‘i yomon bo‘lmadi.

-Shu kunlarda kelasi yil hosili uchun boshoqli don ekish ishlari  yakuniga yetkazilib, ayni damda 38.5 foiz maydonda bug‘doy unib ham chiqdi,- deydi “O‘zagroinspeksiya”ning Jizzax viloyat boshqarmasi katta inspektori Sanjar Mirzakarimov. –Mazkur jarayondagi muhim agrotexnik tadbirlar inspeksiyaning viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan nazoratga olingan. Jumladan, agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi bo‘yicha tuman hokimliklari, klaster korxonalari va fermer xo‘jaliklariga taqdimnomalar, ogohlantirish xatlari hamda yozma ko‘rsatmalar berildi.

Ekish ishlarida har bir hududning tuproq va iqlim sharoiti, suv bilan taʼminlanish darajasi hisobga olinib, serhosil, kasalliklarga chidamli bo‘lgan “Asr”, “Durdona”, “Zvezda”, “Oq marvarid”, “Zamin”, “Do‘stlik”, “Yog‘du”, “Alekseyevich”, “Yaksart”, “G‘ozg‘on”, “Yaksart”  singari mahalliy va yangi istiqboli bug‘doy navlari ekildi.

 

Tolibjon ERGASHEV, “Xalq so‘zi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер