Jizzaxda shahar hokimligi binosi karantinga olindi

14:34 07 Iyul 2020 Jamiyat
1080 0

Jizzaxda shahar hokimligi binosi karantinga olindi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, soʻnggi kunlarda Jizzaxda koronavirus infeksiyasining koʻpayganligi tufayli hududda virus tarqalishining oldini olish maqsadida yoʻllanma asosida shahar hokimi Akbar Shukurov topshirigʻi bilan hokimlik xodimlari COVID-19 testidan oʻtkazilgan.

Oʻtkazilgan test natijalariga koʻra, Jizzax shahar hokimligi xodimlari va rahbariyatidan koronavirus infeksiyasi aniqlanmagan.

Ammo “Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash markazi” Jizzax shahar boʻlimining 1 nafar xodimida COVID-19 infeksiyasi aniqlanganligi sababli “Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash markazi” Jizzax shahar boʻlimi va shahar hokimligi binosi karantinga olingan.

Ayni paytda hokimlik xodimlari oʻz ishlarini masofadan turib davom ettirmoqda.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda 7-iyul soat 10:00 holatiga koʻra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10 459 nafarga yetdi. Shundan 6690 nafari sogʻaygan, 38 kishi virus oqibatlaridan vafot etgan, virus qurbonlarining ikki nafari 29 va 30-iyunda Jizzax viloyatida qayd etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер