Jizzaxda sektorlar faoliyati sarhisob qilindi
Foto: Xalq so‘zi
Jizzax viloyati hokimligida 2022-yilning 9 oyida sektorlar faoliyatida amalga oshirilgan ishlarning sarhisobiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Sektorlar faoliyatini baholashda samaradorlik koʻrsatkichlariga alohida eʼtibor qaratilib, amalga oshirilgan ishlar tegishli indikatorlar orqali xolisona tahlil qilindi.

— Joriy yilning birinchi yarmidan boshlab shahar va tumanlar sektorlar rahbarlari faoliyati samaradorligini baholashning yangicha tartibi ishlab chiqildi, buning uchun viloyat hokimi birinchi oʻrinbosari rahbarligida ishchi guruhi tashkil etildi, — deydi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Jizzax filiali rahbari Erkin Xolboʻtayev. — Ushbu ishchi guruhi sektor rahbarlari olib borayotgan ishlarni, shaxsiy tashabbuslarini mahallalarga chiqqan holda oʻrganib, oʻn ballik tizim asosida baholab bormoqda hamda umumiy reytingni shakllantirilyapti.
Hisobot yigʻilishida past natijaga erishgan sektorlarda xalq bilan yanada yaqinlashish, aholining ijtimoiy koʻmakka muhtoj qatlamini tadbirkorlikka yoʻnaltirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi. Shuningdek, mahallalardagi hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollariga yaqindan yordam berish, ochiqlik va oshkoralik tamoyiliga amal qilish masalalari muhokama qilindi.
Tolibjon ERGASHEV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring