Jizzaxda qor boʻronida qolib ketgan fuqarolar xavfsiz hududga evakuatsiya qilindi
Qor boʻronida qolib ketgan fuqarolar qutqaruvchilari tomonidan xavfsiz hududga evakuatsiya qilindi. Bu haqida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Unda aytilishicha, shu yilning 24-yanvardan 25-yanvarga oʻtar kechasi, Forish tumani “Qoraobdol ota” MFY hududidan oʻtgan avtomobil yoʻlida kuchli shamol va qor boʻroni kuzatilgan.
Oqibatda bir nechta avtomobillarning harakatlari cheklanib, fuqarolar qiyin ahvolga tushib qolgan. Holat yuzasidan Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga yordam zarurligi toʻgʻrisida murojaat kelib tushgan.
FVV qutqaruvchilari tezkorlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, maxsus texnika yordamida qiyin ahvolga tushib qolgan fuqarolarga amaliy yordam koʻrsatib, xavfsiz hududga olib chiqqan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring