Jizzaxda Prezidentni ijtimoiy tarmoqlar orqali haqoratlagan shaxsga nisbatan jinoiy ish ochildi

17:55 19 Aprel 2021 Jamiyat
1462 0

Jizzaxda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videomurojaatlarida Prezidentni haqoratlab, tuhmat qilgan fuqaro ustidan ish qoʻzgʻatildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.

1969-yilda Baxmal tumanida tugʻilgan fuqaro V.K internetning “YouTube” va “Facebook” tarmoqlarida “V.K” (nomi qisqartirilgan) profillar ochib, ushbu profillari orqali turli mavzularda internet tarmoqlari orqali toʻgʻridan-toʻgʻri chiqishlar qilgan.

U oʻz chiqishlarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlarni keng jamoatchilikka notoʻgʻri talqin qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini internet tarmoqlari orqali haqoratlab, davlat rahbarini obroʻsiga putur yetkazish va kamsituvchi maʼlumotlarni tarqatib, tuhmat qilib kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan DXX Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 158-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan boʻlib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер