Jizzaxda Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan 7 ta it otib oʻldirilgani aytilmoqda. Holatga Ekopartiya izoh berdi

10:49 13 Avgust 2021 Jamiyat
1579 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax shahar Obodonlashtirish boshqarmasi “it ovlov brigadasi” tomonidan shahar koʻchalarida 7 dona it otib oʻldirilgani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan Ekopartiya Jizzax shahar Kengashi tomonidan oʻrganish olib borildi.

Maʼlum boʻlishicha, shaharning “Olmazor” mahalla fuqarolar yigʻini hududida daydi itlarning haddan ziyod koʻpayib ketgani, kechki paytlarda mahalla ahlining koʻchada yurishining imkoni boʻlmay qolgani, itlar odamlarga hujum qilishi kabi holatlar kuzatilgan.

“Olmazor” mahallasi fuqarolari murojaatlariga asosan shu yilning 8-avgust kuni shahar Obodonlashtirish boshqarmasi “It ovlov” brigadasi, Jizzax viloyat IIB boshqarmasi PPX va JTSB Karantin guruhi, shahar veterinariya boʻlimi hodimlari ishtirokida qoʻshma tadbir oʻtkazilgan.

Tadbir davomida mahallaning Navroʻz koʻchasidan 2 ta, shahar IIB binosi oldidan 2 ta, koʻp kavatli turar joy binolari atrofidan 2 ta hamda Uchariq koʻchasidan 1 ta daydi itlar belgilangan tartibda ovlanib, shahar chekkasida joylashgan chiqindixona hududida zararsizlantirilgan.

Eslatib oʻtamiz, maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 111-moddasiga koʻra, hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish ularning oʻlimiga yoxud mayib boʻlishiga olib kelsa, xuddi shuningdek hayvonlarni qiynash, BHMning bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер