Jizzaxda maktab psixologi soxta diplom bilan ishlayotgani aniqlandi
Jizzax viloyati davlat moliyaviy nazorati boshqarmasi tomonidan Gʻallaorol tumani 19-sonli umumtaʼlim maktabida maktab oʻqituvchilarining diplomlari oʻrganildi. Bu haqda viloyat IIB tomonidan maʼlum qilindi.
Oʻrganish jarayonida maktab psixologi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan xodimning diplomi “2013-yilda Jizzax davlat pedagogika instituti tomonidan berildi”, deya soxtalashtirilgani aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring