Jizzaxda Lacetti “lyuk”idan tana qismini chiqarib ketgan qiz jarimaga tortildi

13:22 27 May 2021 Jamiyat
1148 0

20-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati hududidan oʻtuvchi avtomobil yoʻlida Lacetti rusumli mashinada yoʻlovchi sifatida ketayotgan fuqaro tana qismini transport vositasi “lyuk”idan chiqarib harakatlangan video tarqaldi.

Holat yuzasidan dastlabki surishtiruv natijalari haqida Jizzax viloyati IIB tomonidan munosabat bildirdi. Haydovchi va yoʻlovchining shaxsiga aniqlik kiritilib, maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Yoʻlovchiga Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 138-moddasi bilan maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etgani uchun bayonnoma tuzildi.

“Mashina egasi rulda emas edilar, uzr soʻrayman, men bilan Vali ismli oʻzimning oldingi tanishim bor edi. Mashina egasining uydagilaridan, oila aʼzolaridan, rafiqasidan uzr soʻrayman” — deydi qiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер