Jizzaxda IIB xodimlariga yolgʻon guvohlik bergan tovlamachi qoʻlga olindi
Jizzaxda IIB xodimlariga yolgʻon guvohlik bergan fuqaro hibsga olindi. Bu haqda “Postda” xabar berdi.
Jizzax viloyati Paxtakor tumani Oltinkoʻl mahallasida yashovchi fuqaro tuhmat, yolgʻon xabar berish hamda yolgʻon guvohlik berish bilan bogʻliq jinoyatlar sodir etib yurgan. Shundan soʻng, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar unga qiziqa boshlagach, oʻrtalikdan gʻoyib boʻlgan.
U uzoqqa qochib keta olmagan. Ichki ishlar organlari xodimlari uning shu viloyatdagi Mirzachoʻl tumanida yashiringan manzilini aniqlab, qoʻlga olgan. Hozirda tovlamachi vaqtincha qamoqxonaga joylashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring