Jizzaxda AYQShga nisbatan 71,4 mln soʻm jarima qoʻllanildi
Foto: “Oʻzenergoinspeksiya”
Jizzax viloyatda davlat qiyoslov koʻrigidan oʻtkazish muddatiga amal qilmasdan isteʼmolchilarga neft mahsulotlarini sotuvga chiqargan AYQShga nisbatan chora koʻrildi, deb xabar bermoqda “Oʻzenergoinspeksiya” AJ.
Qayd etilishicha, inspeksiyaning Jizzax viloyat boʻyicha hududiy boshqarmasi tomonidan Zomin tumanida joylashgan “L.B.” MChJga qarashli avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchasida neft mahsulotlarini tarqatish talablariga rioya etilishi yuzasidan oʻrganish oʻtkazilgan.
Oʻrganish davomida ushbu AYQShdagi yoqilgʻi tarqatish ustunlarining navbatdagi davlat qiyoslov koʻrigidan oʻtkazish muddatiga amal qilinmasdan isteʼmolchilarga neft mahsulotlari sotilayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining 940-sonli qonunining 43-moddasiga koʻra, ushbu AYQShga nisbatan 71,4 million soʻm (realizatsiya qilingan avtobenzin qiymatining 50 foizi) miqdorida jarima qoʻllanilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring