Jizzaxda aholiga imtiyozli narxda sotish uchun ajratilgan koʻmirni talon-toroj qilish holati aniqlandi

11:29 14 Noyabr 2023 Jamiyat
261 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Koʻmir taʼminot” MCHJning Zarbdor koʻmir ombori mudiri B.B va boshqalar aholiga imtiyozli narxda sotish uchun ajratilgan 2 346 tonna koʻmirni goʻyoki tumandagi 851 ta xonadonga imtiyozli narxda sotilganligi toʻgʻrisida soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, amalda koʻmirni qimmat narxlarda boshqa shaxslarga naqd pulga sotib, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер