Jizzaxda 756 gektar yer maydonlari oʻzboshimchalik bilan egallab olingani aniqlandi

18:06 20 Dekabr 2022 Jamiyat
1136 0

Foto: Xalq so‘zi

Ayni kunlarda Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi inspektorlari shahar va tumanlarda yer maydonlaridan foydalanish yuzasidan monitoring va nazorat ishlari olib bormoqda. Yer maydonlaridan notoʻgʻri foydalanishning oldini olish chora-tadbirlari doirasida aniqlangan qonunbuzilish holatlari huquqni muhofaza qiluvchi organlarga maʼlumot va taqdimnomalar tarzida kiritib borilmoqda.

— Joriy yilning oʻtgan oylarida yer nazorati tizimida olib borilgan tadbirlar natijasida viloyat boʻyicha 1 ming 453 ta holatda jami 756 gektar yer maydoni yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan oʻzboshimchalik bilan egallab olingani aniqlandi, - deydi Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi Nurali Mamasiyayev. — Oʻrganishlar shuni koʻrsatmoqdaki, 530 ta holatda uy-joy qurish, 261 ta holatda noturar joy binolari barpo etish maqsadida yer maydonlaridan noqonuniy foydalanilgan. Bundan tashqari oʻzboshimchalik bilan daraxtzorlar, baliq hovuzlari yaratish uchun oʻz holicha yer maydonlariga ega chiqqan shaxslar ham yoʻq emas.

Bu huquqbuzarliklarga nisbatan ogohlantirish xatlari natijasida 1 ming 52 ta holat ixtiyoriy bartaraf etilib, 610 gektar yer maydoni davlat ixtiyoriga qaytarildi. 204 ta holat boʻyicha sudlarga daʼvo arizalari kiritildi va 1 ming 406 nafar huquqbuzarga nisbatan jami 6 milliard 362 million 244 ming soʻm miqdorida maʼmuriy jarimalar qoʻllanildi.

Tolibjon ERGASHEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер