Jizzaxda 17 yoshli oʻsmir avtohalokat sodir etdi
Jizzaxda 14-oktyabr kuni 10-sinf oʻquvchisi avtohalokat sodir etdi. Bu haqda viloyat yoʻl harakati xafvsizligi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, voqea 2005-yilda tugʻilgan maktab oʻquvchisi tomonidan sodir etilgan. U “Nexia-2” rusumli avtomashinani boshqarib, qarama-qarshi tomonga ketayotgan “Lacetti” avtomashinasi bilan toʻqnashgan. Natijada haydovchi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax filialiga yotqizilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring