Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi 10 foizga oshishi rejalashtirilmoqda
Soliq siyosatini takomillashtirish doirasida byudjetnomada 2022-yil uchun qator oʻzgarishlar koʻzda tutilmoqda. Bu haqda 2022-yil uchun davlat byudjeti qonuni loyihasi va byudjetnoma boʻyicha Hisob palatasining xulosasida maʼlum qilindi.
Maʼlum qilinishicha, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi amaldagi 2 foizdan 1,5 foizga kamaytirilmoqda. Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi stavkalari 10 foizga oshishi rejalashtirilmoqda.
Aaksiz soligʻi stavkalari 2022-yil 1-iyundan oʻrtacha 10 foizga oshishi kutilmoqda. Tamaki mahsulotlari importiga aksiz soligʻi stavkasi 2022-yil 1-yanvardan 10 foizga, alkogol mahsulotlari importiga 2022-yil 1-iyundan 10 foizga pasaytirilmoqda.
Shuningdek, qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) boʻyicha amaldagi soliq stavkasi 15 foiz miqdorida saqlab qolinadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring