Jinoyat kodeksiga “Kelajakka xiyonat” bobini qoʻshish kerak — Alisher Qodirov

11:56 13 Avgust 2021 Jamiyat
2322 0

Taʼlim-tarbiya kelajak shakllanadigan soha, deya yozmoqda deputat Alisher Qodirov.

«Bu yerda kelajakni shakllantiradigan fidoyilar ishlaydi va ular qahramonlardir.

Shu bilan birga sohada kelajakka xiyonatchilar ham aralashib yuribdi. Bolani sogʻlom, tarbiyali va bilimli boʻlishini tashkil qilishdek masʼuliyat yuklangan inson bolalarni ozuqasini oʻgʻirlasa, sifatlisini “vijdonsizlarcha” oʻzi yeb, bolalarga qoldiqlarini yoki eskiroqlarini yedirib yuborsa. Bilim oʻrniga bolalar tafakkuriga “xatolar paketi” yoki “boʻshliq”ni joylasa. Pulini olib, qulab tushadigan koʻprikni loyihalaydigan muhandisga “aʼlo”ni bosib bersa... bu toifa inson bu qadar masʼuliyatli joyda nima qilib yuribdi, degan savol tugʻilishidek tabiiy nima bor?

Men Jinoyat kodeksiga «Kelajakka xiyonat” bobini kiritishni va ushbu bobda bolalar bogʻchasi, maktab va oliygohlarda vazifasiga xiyonat qilayotganlar, bolalarimizni haqqi va vaqtini oʻgʻirlayotganlarga nisbatan choralar belgilanishini taklif qilaman.

Takror aytaman, bu sohada qahramonlar ishlashi kerak. Va ularning maoshlari ham, mehnat sharoitlari ham eng yuqori darajada boʻlishi shart». deydi deputat.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер