“Jiddiy yon taʼsir”... Xitoyning koronavirusga qarshi vaksinasi sinovi toʻxtatildi

18:10 10 Noyabr 2020 Dunyo
988 0

Fotо: Getty Images

Braziliyada koʻngillilardan biri vafot etganidan soʻng Xitoyning “Sinovac Biotech” farmatsevtika kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan "Koronavak" "Covid-19” qarshi vaksinasining klinik sinovlari toʻxtatildi.

“Anvisa” sanitariya nazorati milliy agentligi maʼlumotlariga koʻra, “Sinovac Biotech” vaksinasining klinik sinovlari “jiddiy yon taʼsir” tufayli toʻxtatilgan.

Avvalroq, 21-sentyabr kuni Braziliya OAV Oksford universiteti hamda “AstraZeneca” ingliz-shved farmatsevtika kompaniyasi tomonidan yaratilgan “Covid-19” qarshi vaksina sinovlarida qatnashgan 28 yoshli koʻngillining vafoti haqida xabar berilgan edi. Keyinchalik u vaksina qabul qilmagani ochiqlangan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер