“Jasorat maktabi”ning navbatdagi oʻquv yigʻini yuz nafar yoshlarni qamrab oldi

16:08 06 Fevral 2023 Jamiyat
964 0

Foto: Xalq so‘zi

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani “Olmachi” mahallasida joylashgan harbiy qismdagi “Jasorat maktabi”ning joriy yildagi ilk oʻquv yigʻinida yuz nafar yoshlar bilim va koʻnikmalarga ega boʻldi.

Maʼlumki, birinchi marotaba 2021-yili uyushmagan yoshlar uchun harbiy-vatanparvarlik oʻquv yigʻini Jizzax viloyatida oʻtkazilgan edi. Mazkur loyiha Jizzax tajribasi sifatida oʻz samarasini koʻrsatib kelmoqda.

Joriy yilning birinchi mavsumida mazkur oʻquv yigʻiniga viloyatning 13 ta shahar va tumanidagi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan, muqim ish joyiga ega boʻlmagan yoshlar jalb qilindi.

Oʻn kunlik harbiy-oʻquv yigʻini davomida nafaqat nazariy va amaliy mashgʻulotlar, balki minifutbol boʻyicha “Viloyat hokimi kubogi”, harbiy estafeta boʻyicha “Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni kubogi”, milliy kurash va stol tennisi sport musobaqalari, shuningdek, Yoshlar ishlari agentligi va Yoshlar ittifoqi rahbarining sovrini uchun “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi. Gʻolib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.

Harbiy-oʻquv yigʻini bitiruvchilarini tantanali kuzatish marosimida Jizzax viloyat hokimi Ergash Saliyev ishtirok etdi.

Tolibjon ERGASHEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер