Janubiy Koreya va AQSH Putinning Pxenyanga tashrifini kuzatmoqda
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chin In oʻtgan yilning sentyabr oyida Rossiyaga tashrif buyurgan edi. Shundan soʻng Vladimir Putin ham Pxenyanga borishga vaʼda bergan. Shunday qilib Putinning Shimoliy Koreyaga safari shu oyda amalga oshirilishi kutilmoqda.
Janubiy Koreya va AQSH rasmiylari ushbu jarayonlarni diqqat bilan kuzatib borayotganini maʼlum qilgan. Siyosatchilar bu uchrashuvda BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalarini buzishi mumkin boʻlgan harbiy aloqalar muhoka qilishini aytmoqda.
Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari va AQSH Davlat kotibi oʻrinbosari Pxenyandagi uchrashuv ikki davlatning harbiy hamkorligining kuchayishiga olib kelmasligini muhokama qilgan.
“Shimoliy Koreya biz uchun doʻst mamlakat, u bilan ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirmoqdamiz va bundan keyin ham shunday boʻladi”, degan Kreml matbuot xizmati.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring