Janubiy Koreya korxonalarida ishlayotgan yurtdoshlarimiz yashash va ish sharoitlari oʻrganildi

16:23 31 Avgust 2023 Jamiyat
478 0

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreyadagi vakolatxonasi hamda Koreya Respublikasining yirik kemasozlik tashkilotlari – “Jangwon” hamda “Shin Jin Sanob” korxonalarida mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Unda xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning ish va yashash sharoitlarini muntazam monitoring qilib borish boʻyicha vakolatxona tomonidan yuqorida qayd etilgan yoʻnalishlarda fuqarolarimizga amaliy yordam berilishi maʼlum qilindi.

Shuningdek, ish beruvchi vakillari yurtdoshlarimizning mehnati hamda ishga munosabatini etirof etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер