Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug 25 yoshda

17:04 01 Noyabr 2023 Jamiyat
433 0

Qashqadaryo, Buxoro hamda Surxondaryo viloyatlarida mavjud Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy qism va muassasalarni qamrab olgan Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tashkil etilganining 25 yillik sanasi boshqaruv apparati madaniyat saroyida katta shodiyonalar bilan nishonlandi.

Tadbirda soʻz olgan okrug qoʻshinlar qoʻmondoni general-mayor Zaynobiddin Iminov okrug shonli tarixida erishgan yutuqlari borasida toʻxtalib, barchani bayram bilan tabrikladi.

Bir guruh turli yutuqlarga erishgan va faol xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchilar hamda Qurolli Kuchlar xizmatchilari faxriy yorliq, qimmatbaho sovgʻalar, navbatdagi harbiy unvonlar bilan tantanali taqdirlandi. Faxriy ustozlar eʼzozlanib, eʼtirof etildi.

Tadbir davomi bayramona konsert dasturiga ulanib ketdi. Vatanni, harbiylik kasbini ulugʻlovchi sheʼrlar oʻqildi, qoʻshiqlar kuylandi. Bir soʻz bilan aytganda tadbir barchaga bayramona yuqori kayfiyat bagʻishladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер