Jamoat transportida yoʻl haqi 1-noyabrdan oshirilmoqda
Poytaxt jamoat transportida yangi, qoʻshimcha va ragʻbatlantiruvchi tariflar joriy etilmoqda. Unga koʻra, bir yoʻlovchi qatnovi uchun cheklangan tariflar naqd pul va bank kartalari orqali 2000 soʻm, ATTO transport kartalari orqali toʻlov uchun esa 1700 soʻm etib belgilanmoqda.
Yoʻlovchilar ATTO transport kartalaridan foydalangan holda bir soat ichida ikkinchi marotaba avtobusdan foydalansalar yoʻl haqi uchun 700 soʻm toʻlaydilar. Bir soat davomida yoʻlovchilar avtobusdan uchinchi va toʻrtinchi marotaba maʼlum bir manzilga harakatlanishi esa mutlaqo bepul boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring