Zelenskiy Ukrainaning asosiy xatosini maʼlum qildi
Foto: president.gov.ua
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Chexiya televideniyesiga bergan intervyusida kuchli xavfsizlik tizimining yoʻqligini mamlakat siyosatining asosiy xatosi deb atadi.
Zelenskiyning soʻzlariga koʻra, Ukraina Rossiya bilan juda pragmatik munosabatlar oʻrnatishi kerak, chunki Moskva katta xavf tugʻdiradi.
“Mustaqillikning oʻtgan 30 yilida biz kuchli xavfsizlik tizimini qurmadik, chunki biz ulardan (Rossiyadan tahr.) bunday agressiv qadamlarni kutmagan edik. Bu mamlakatimizning, Ukraina siyosatining eng katta xatosi edi”, deydi Ukraina rahbari.
Shuningdek, oʻz intervyusida Zelenskiy yadroviy urushdan qoʻrqmaslikka chaqirdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring