Zelenskiy Ukrainadagi mojaroga barham berish shartini aytdi

18:25 26 Yanvar 2023 Dunyo
1527 0

Foto: Reuters

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukrainadagi mojaroga barham berish shartini maʼlum qildi. Bu haqda “Sky News” xabar bermoqda.

Uning aytishicha, Ukrainadagi mojaroga barham berish sharti Rossiya qoʻshinlarini mamlakat hududidan olib chiqib ketish. 

“Sizga aniq ayta olamanki, agar ular bizning hududimizni tark etsa, urush toʻxtaydi. Hammasi shu”, dedi Zelenskiy.

Uning qoʻshimcha qilishicha, Ukrainaning Rossiyada harbiy harakatlarni davom ettirish istagi yoʻq.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер