Zelenskiy Putin bilan shaxsiy uchrashuv haqida gapirdi
Foto: AFP
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan 2019-yilda Parijda boʻlib oʻtgan “Normand toʻrtligi” sammitida doirasidagi shaxsiy uchrashuvi haqida gapirdi.
Zelenskiy Rossiya prezidenti bilan uzoq suhbat oʻtkazganini, uning davomida Minsk kelishuvlari boʻyicha “savdolashuv” boʻlganini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, u Ukraina tomoni taklif qilingan shartlarni bajara olmasligini aytgan, shuningdek, qoʻshinlarni olib chiqish bilan bogʻliq qiyinchiliklarni ham bildirgan.
Ukraina prezidentining qoʻshimcha qilishicha, Putin oʻt ochishni toʻxtatishni talab qilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring