Zelenskiy Makron bilan “tarixiy kelishuv” imzoladi
Foto: Reuters
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy fransuz hamkasbi Emmanuel Makron bilan “Rafale” qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish boʻyicha “tarixiy kelishuv”ni imzolagan. Bu haqda RBC.UA xabar berdi.
“Zelenskiy va Makron “tarixiy kelishuv”ni imzoladi... Davlat rahbari Ukraina va Fransiya Ukrainaning jangovar aviatsiyasini kuchaytirishini eʼlon qildi”, — deyiladi xabarda.
“Reuters” ushbu kelishuv yuzlab fransuz “Rafale” qiruvchi samolyotlarini yetkazib berishga tegishli ekanligini aniqlagan.
Bir kun oldin Vladimir Zelenskiy Ukraina va Fransiya samolyotlarni yetkazib berish boʻyicha oʻn yillik kelishuv imzolashini eʼlon qilgandi. Shuningdek, SAMP/T havo mudofaasi tizimlarini yetkazib berish boʻyicha kelishuv ham muhokama qilinmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring