Zelenskiy bilan uchrashuvdan soʻng Erdogʻan Ukrainani qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qildi

01:02 09 Mart 2024 Dunyo
595 0

Foto: Reuters

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvdan soʻng Anqara Kiyevni qoʻllab-quvvatlashda davom etish niyatida ekanini aytdi. Uning qoʻshimcha qilishicha, tomonlar “don kelishuvi” va Qora dengizdagi xavfsizlikni muhokama qilgan.

“Men strategik hamkorimiz Ukrainaning hududiy yaxlitligi va mustaqilligini taʼkidladim. Mojaroning mintaqaviy va global oqibatlari kuchayib bormoqda”, dedi Erdogʻan matbuot anjumanida.

Turkiya prezidentining qoʻshimcha qilishicha, mamlakat Ukrainani “qayta tiklashga jadal hissa qoʻshishga” tayyor. Shuningdek, u Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi mojaro muzokaralar yoʻli bilan yakunlanishi kerakligini aytib, Moskva ishtirokida tinchlik sammitini oʻtkazishga tayyorligini maʼlum qildi.

Uchrashuv yakunida Vladimir Zelenskiy Ukraina turk mudofaa kompaniyalari bilan hamkorlikni kuchaytirishni rejalashtirayotganini aytdi. Unga koʻra, Kiyev harbiy asirlarni ozod qilishda ham Anqaraning yordamiga muhtoj.

Zelenskiy Turkiyaga oxirgi marta 2023-yil iyul oyida tashrif buyurgan edi. Keyin tomonlar birgalikda dronlarni ishlab chiqarishni rivojlantirish boʻyicha memorandum imzoladilar. 2024-yil fevral oyida Turkiyaning Baykar mudofaa kompaniyasi Ukrainada Bayraktar TB2 va TB3 rusumli uchuvchisiz oʻchoqlarni ishlab chiqaradigan zavod qurishni boshladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер