Shavkat Mirziyoyev nuroniylar bilan suhbatlashdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus xalqaro aeroportida nuroniylar, ziyolilar, turli millat vakillari bilan suhbatlashdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati habar bermoqda.
Ochiq va samimiy muloqot chogʻida mamlakatimiz ichki va tashqi siyosatidagi islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar haqida soʻz yuritildi. Yigʻilganlar hamma joylarda va hamma sohalarda oʻzgarishlar boʻlayotgani, buni odamlar oʻz uyi, mahallasi, tumani misolida his qilayotganini taʼkidladi.
Shuning bilan davlatimiz rahbarining Qoraqalpogʻistonga tashrifi yakunlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring