Toshkentda 12 ming dollarlik zargarlik buyumlarini o‘zlashtirgan firibgar qo‘lga olindi

09:13 04 Iyun 2018 Jamiyat
1491 0
Illyustrativ foto / Rambler

Toshkentda katta qiymatdagi zargarlik buyumlarini sotib qochib yurgan firibgar aniqlandi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, 2 iyun kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumani IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, shu yil mart oyida Olmazor tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan, D.I. Beshyog‘och dahasida joylashgan “Soy” kafesi oldida tanishi, Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida yashovchi, E.A.ga umumiy qiymati 12.000 AQSH dollari bo‘lgan zargarlik buyumlarini sotib berishini aytgan.

Ushbu shaxs aldash yo‘li bilan fuqaroning ishonchiga kirib zargarlik buyumlarini olib va sotib, bergan va’dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida D.I. ushlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер