“Zarband” nimstansiyasida quvvati 16000 kV kuch transformator ishga tushirildi
Qoʻshrabot tumanidagi “Zarband” 35/10 kV nimstansiyasi orqali tumandagi Chorloq, Qiyqim, Xonnazar, Shovona hamda Qoʻrgʻon mahallalaridagi 4800 ta aholi va 68 ta ulgurji isteʼmolchilarga elektr energiyasi yetkazib berilar edi.
Keyingi yillarda isteʼmolchilarning elektr energiyasiga boʻlgan talabi oshganligi hamda hududlarda kichik sanoat zonalarining tashkil etilayotganligi sababli mazkur nimstansiyadagi mavjud 6300 kV kuch transformatori oʻrniga quvvati 16000 kV boʻlgan kuch transformator punkti oʻrnatilib, “Zarband” 110/35/10 kV nimstansiyasiga aylantirildi.
Endilikda amalga oshirilgan ishlar natijasida mazkur hududdagi barcha isteʼmochilarning elektr energiyasiga boʻlgan talabi toʻliq qondiriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring