Zangiotalik 55 yoshli bemor koronavirusdan vafot etdi

23:48 18 Iyul 2020 Jamiyat
831 0

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yashagan 55 yoshli U. A. (erkak) 16-iyul kuni Zangiota tumanidagi “Nazarbek” yuqumli kasalliklar shifoxonasiga oʻta ogʻir ahvolda olib kelingan.

Bemorda COVID-19 infeksiyasining oʻta ogʻir kechishi va ikki tomonlama pnevmoniyaning oʻtkir respirator distress sindromi, oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, poliorgan yetishmovchiligi asoratlari kuzatilgan.

Bemorga mutaxassislar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar oʻtkazilgan, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilgan.

17-iyul kuni hamroh kasalliklar fonida kasallik asoratlari hisobiga ahvoli keskin ogʻirlashgan bemor, mutaxassislar tomonidan toʻliq hajmda, standart asosida oʻtkazilgan reanimatsion choralarga qaramasdan, oʻtkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligining 4-darajasi hamda poliorgan yetishmovchiligidan vafot etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер