Yutuqqa chiqqan “Tracker” avtomashinasi egasiga olib berildi

15:19 22 Oktyabr 2019 Jamiyat
1036 0

Milliy telekanallarimizda efirga uzatiladigan turli oʻyinlar, tok shou koʻrsatuvlarda qimmatbaho sovrinlarni qoʻlga kiritayotgan yurtdoshlarimizni koʻrib, kuzatmoqdamiz. Uy, mashina... Bu kabi sovrinlarni qoʻlga kiritganlarga koʻpchilik  havas ila boqishadi. Ammo ular qoʻlga kiritgan yutuqlarini osonlik bilan qoʻlga kiritmoqdami? Savolga javob berishdan avval Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasiga kelib tushgan bir murojaatni keltirib oʻtsak.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti ishonch telefoni orqali kelib tushgan murojaatda ohangaronlik Shahriyor Abrorov 23.07.2019-yilda “Mahalla” telekanalida Sugʻurta kompaniyasining “Kafil shou” koʻrsatuvida ishtirok etib, “Tracker” avtomashinasini yutib olganini ammo hanuzgacha yutugʻini ololmayotganidan norozilik bildirgan. Ushbu murojaat Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi xodimlari tomonidan oʻrganildi.

Federatsiya mutasaddilari Kafil sugʻurta kompaniyasiga borib, holatga aniqlik kiritishdi. Qilingan saʼy harakatlar natijasida Sh. Abrorovga “Tracker” avtomashinasi tezkorlik bilan olib berildi. Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi mana shunday holatlarda oʻz huquqlaringizni himoya qilishni unutmaslikka chorlaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер