Yurtimizga Moderna vaksinasining navbatdagi partiyasi olib kelindi
Foto: Illustrativ foto
Mamlakatimizga COVAX doirasida 2 108 400 doza Moderna vaksinasi keltirildi.
Shunday qilib, Oʻzbekistonda foydalanilayotgan vaksinalar miqdori 63 578 553 dozaga yetdi.
Ulardan:
— 2 606 080 dozasi AstraZeneca;
— 41 996 268 dozasi ZF-UZ-VAC2001;
— 1 341 790 dozasi “Sputnik V”;
— 10 688 860 dozasi Moderna;
— 4 626 180 dozasi Pfizer/BioNTech;
—1 976 000 dozasi Sinovac;
— 343 375 dozasi Sputnik Light vaksinasidir.
Shundan 48 million dozadan ortiq vaksina emlash jarayonlarida qoʻllanildi.
Hozirda mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi 15 553 825 doza vaksina zaxirasi mavjud.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring