Yurtimizda laylaklar koʻpaymoqda
Ahmadali SHERNAZAROV/“Xalq soʻzi”. Laylaklarning ikki, uch va hatto toʻrt qavatli uyalari Sirdaryo, Toshkent, Jizzax viloyatlarida koʻp uchraydi. Ayniqsa, keyingi yillarda bunday inlar soni sezilarli darajada ortayotganligi kuzatilmoqda.

Ushbu parrandalar simyogʻochlarga uya quradi. Maʼlumotlarga koʻra, ular bitta uya qurish uchun oʻrtacha yuk mashinasini toʻldiradigan hajmdagi shoh-shabbani tashib keltirishar ekan.

Bilishimizcha, laylaklarning elektr uzatish liniyalari tayanchlarida joylashuvi tarmoqda qisqa tutashuvlar hosil qilishi va oqibatda bu taʼminotdagi uzilishlarga sabab boʻladi. Laylaklar qoʻnim topgan hududlarda ularning har jihatdan ziyonsiz va qulay in solishlari uchun inson yordami kerak. Oʻsha simyogʻochlardagi qisqa tutashuvlarni oldini olishga qaratilgan, chora oʻylab topgan maʼqul.

Nima boʻlganda ham yurtimizning koʻplab hududlarida uchraydigan laylaklarning bunday betakror “mahallalari” fusunkor tabiatimizning oʻziga xos bir boʻlagi sifatida kishiga zavq bagʻishlaydi.

Maʼlumot uchun. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobining “Turkiston oq laylagi” deb nomlangan maʼlumotdan:
“Yashash joylari. Vohalar, sugʻoriladigan maydonlar, botqoqlar, daryo boʻylari.
Yashash tarzi. …Baland daraxtlarda, elektr uzatish tayanchlarida koloniya boʻlib uyalaydi.

Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring