Yurtimiz shifoxonalarida OʻRVIga chalingan bolalar uchun qoʻshimcha 5 mingdan ortiq oʻrin-joy tashkil qilindi
Joriy yil oktabr oyidan boshlab mamlakatimizda bolalar oʻrtasida oʻtkir respirator virusli infeksiyalarning davriy koʻtarilishi kuzatilayotgani sababli tibbiyot muassasalariga murojaatlar va “Tez yordam” xizmatiga chaqiriqlar soni sezilarli darajada ortdi.
Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati maʼlum qildi.
Shularni inobatga olgan holda Sogʻliqni saqlash vazirligi OʻRVIga chalingan bemor bolalarga oʻz vaqtida sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish, shifoxonalarda qoʻshimcha oʻrin-joylar tashkil etish, bu orqali tibbiyot muassasalariga tushayotgan yuklamalarni kamaytirish boʻyicha zarur choralar koʻrmoqda.
Jumladan, soʻnggi kunlardagi oʻrganishlar natijasida Toshkent shahar shifoxonalarida qoʻshimcha 884
Ayni paytda Toshkent shahar tibbiyot muassasalarida boʻsh oʻrinlar soni 661
Taqqoslash uchun aytsak, 2021-yil 12-noyabr holatiga koʻra, Toshkent shahar shifoxonalarida oʻtkir respirator virusli infeksiyalarga chalingan bolalar uchun 2 637
Eslatib oʻtamiz, bolalar oʻrtasida oʻtkir respirator kasalliklarning davriy koʻtarilishi kuzatilayotgani sababli Sogʻliqni saqlash vazirligida ishchi guruhi tuzilib, 13-noyabr tunda poytaxt shifoxonalaridagi vaziyat oʻrganilgan va oʻsha kunning oʻzida Toshkent shahar tibbiyot muassasalarida bolalar uchun qoʻshimcha oʻrin-joylar tashkil etilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring