Yurtdoshlarimizning hujjatlari olib berildi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Ufa shahridagi vakolatxonasiga mazkur hududda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimiz A.X. va A.D. murojaat qildi.
Mehnat migrantlari 2021-yilning noyabr oyida Ufa shahriga mustaqil tarzda ishlash uchun borgan. Bugungi kunga kelib ish beruvchiga Vatanga qaytish istagini bildirib, hujjatlarini soʻragan.
Biroq ish beruvchi tomonidan ularning hujjatlari qaytarib berilmagan. Shundan soʻng, vakolatxona xodimlari ish beruvchiga pasportlarni ushlab turilishi qonunga xilof ekanligi tushuntirib, yurtdoshlarimizning hujjatlarini olib berdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring