Yurtdoshlarimiz Yaponiyaga ishga jalb qilinadi

10:48 15 Aprel 2022 Jamiyat
761 0

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov Yaponiyaning “JIC Holdings” kompaniyasi rahbari Tezuka Norio bilan muzokara oʻtkazdi.

Yaponiya tarafi mamlakatda qurilish, qishloq xoʻjaligi, qariyalarni parvarishlash, mehmonxona xizmati sohalarida ishlash uchun 2 mingta boʻsh ish oʻrni mavjudligini taʼkidladi.

T.Norio yuqoridagi ishlarga Oʻzbekiston fuqarolarini jalb qilishga tayyor ekanligini bildirdi.

Maʼlumot oʻrnida, inson resurslarini rivojlantirish sohasida 20 yillik tajribaga ega “JIC Holdings” kompaniyasi hozirgi kunda Vyetnam, Tayvan, Fillipin, Mongoliya, Myanma, Indoneziya kabi davlatlardan 50 ming nafar texnik malaka oshiruvchilarni Yaponiyada ish bilan taʼminlab kelmoqda.

Bugungi kunda “JIC Holdings” kompaniyasi qariyalarni parvarishlash sohasiga 15 nafar oʻzbekistonlik enagalarni ish bilan taʼminladi. Ular “Ishga marhamat” monomarkazlaridagi Yapon tili kurslarida tahsil oldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер