Yurak kasalliklarini teri orqali aniqlash mumkin boʻlmoqda
Foto: Illustrativ foto
Rossiyalik olimlar sunʼiy intellekt texnologiyasi asosida yurak xastaliklarini, xususan, surunkali yurak yetishmovchiligini murakkab tekshiruvlarsiz aniqlashni tajribadan oʻtkazishmoqda.
Unga koʻra, bemorning terisiga lazer nurlari yuboriladi va nurlanishning aksi maxsus datchik orqali qabul qilinib, neyron texnologiyalari asosida tahlil qilinadi va aniq tashxis qoʻyiladi.
Tajriba muvaffaqiyatli sinovdan oʻtsa, kelgusida boshqa xastaliklarni xam oson aniqlash imkoniyati yaratiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring