Yunusobodda “Lacetti” rusumli avtomobilda yongʻin sodir boʻldi
Ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumanida avtomobil yonayotgani toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, bugun, 11-noyabr kuni, soat 11:07 da Toshkent shahar Yunusobod tumani, Chinobod koʻchasidagi avtomobilda yongʻin sodir boʻlgan.
Mazkur holat yuzasidan yordam zarurligi toʻgʻrisida poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga murojaat kelib tushgan. Ushbu xabarga asosan yongʻin-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 11:14 da yetib borib, yongʻin soat 11:16 da toʻliq oʻchirilgan.
Boshqarma bergan maʼlumotlarga koʻra, yongʻin oqibatida jarohat olganlar aniqlanmagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring