Yunusobodda 15 yashar maktab oʻquvchisi boʻgʻib oʻldirildi

13:35 08 Fevral 2019 Jamiyat
1467 0

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 15 yashar maktab oʻquvchisining jasadi topildi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd qilinishicha, 7 fevral kuni soat 17:40da 102 raqamiga tushgan xabarga koʻra Yunusobod tumanidagi oʻz uyida 15 yashar N.E.ning boʻgʻilish izlari bilan jasadi topilgan.

Ushbu holat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam oʻldirish) bilan jinoiy ish qoʻzgʻatildi.

Tergov–tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan 20 yoshli E.A. ushlangan. Jinoyatning sodir etilishi sabablari aniqlanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер