Yozyovon tumanining “Tegirmonboshi” mahallasi yangicha qiyofa kasb etdi

10:11 10 Sentyabr 2023 Jamiyat
645 0

“Obod xonadon”, “Obod koʻcha” va “Obod mahalla” mezonlari joriy etilayotgan Yozyovon tumanidagi “Tegirmonboshi” mahallasida hudud infratuzilmasini yaxshilash va aholining yashash tarzini oʻzgartirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Tegirmonboshi” hamda “Bahor” mahallalarining tutash hududlarida joylashgan ikki qavatli 8 ta uyning fasad qismi mukammal taʻmirlanib, 17 ta uy markaziy oqova suv tizimiga ulandi. Bundan tashqari aholiga qulaylik yaratish maqsadida bolajonlar uchun zamonaviy work-out, 6 ta  tandirxona barpo etildi.

Endilikda boshqaruv kompaniyasi tomonidan fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni ijobiy hal etish boʻyicha tizimli ishlar yoʻlga qoʻyilmoqda, shu bilan birga aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish choralari koʻrilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер