Yoshlar qalbiga yoʻl mehr-muruvvatdan boshlanadi
Foto: Xalq so‘zi
Sirdaryo viloyatida xalqimizga xos insoniylik, mehr-oqibat ruhini aks ettirgan “Inson qadri uchun – mehr karvoni” aksiyasi boʻlib oʻtdi.

Guliston shahrida mazkur aksiya doirasida oʻtkazilgan asosiy tadbirda Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Maxmudaliyev mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning tub zamirida inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan ezgu gʻoya mujassamligini taʼkidladi. Ayni tadbirda 100 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor yoshlar, avval mehribonlik uylarida tarbiyalangan yetim bolalar, boquvchini yoʻqotgan va ota-ona qarmogʻidan mahrum boʻlgan yigit-qizlarga bosh-oyoq issiq kiyim taqdim qilindi.
— Eʼtiborli jihati, ularga jadidchilikning 8 nafar yirik vakili — Gʻulom Zafariy, Abdulhamid Choʻlpon, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Mahmudxoʻja Behbudiyning hayoti, asarlari haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan “Jadidlar” toʻplami ham topshirildi.
Aksiya doirasida viloyatning barcha tuman va shaharlarida yashovchi ming nafar ehtiyojmand yoshlar holidan xabar olinib, mehr-muruvvat koʻrsatildi.
Ahmadali SHERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring