Yosh operatorlar bilan amaliy ishlar yakunlandi
Kinematografiya agentligi “Yoshlik” kinostudiyasi va Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti “Ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati” kafedrasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Eksperiment 17” ijodiy loyihasining soʻnggi amaliy ishlari topshirildi.
Bugun institutning “Kinooperatorlik” taʼlim yoʻnalishi 1-kurs talabalariga filmda rassom bilan ishlash, kadr imkoniyatlari, operatorlik ishi va tashqi yorugʻlik bilan ishlash boʻyicha malakasini oshirish uchun rejalashtirilgan materiallar montaj uchun berildi.
Bu kabi loyihalar yoshlarning oʻzaro tajriba almashishi, oʻz sohasining yetuk mutaxassisi boʻlib shakllanishiga xizmat qiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring