Yosh yengil atletikachilarimiz Osiyo chempionatini ikki medal bilan boshladi
Saudiya Arabistonining Damman shahrida yengil atletika bo‘yicha U18 yosh toifasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, musobaqaning ilk kunida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 2 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.
Har ikki medalni qizlarimiz bosqon uloqtirish va 1500 metrga yugurish dasturlarida qo‘lga kiritishdi.
Bronza medal:
Shahribonu Zaripova (bosqon uloqtirish)
Marjona Saydullayeva (1500 metr).
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring