Yosh bokschi qizlarimizning barchasi shohsupaga koʻtarildi
Qozogʻiston poytaxti mezbonlik qilayotgan boks boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati yakuniga yetib bormoqda. Ayni paytga kelib, qizlar oʻrtasidagi bellashuvlar nihoyasiga yetib, gʻolib va sovrindorlar aniqlandi.
Ahamiyatlisi, unda bokschi qizlarimizning barchasi shohsupaga koʻtarilishdi. Hamyurtlarimiz shiddatli bahslar yakunida 3 ta oltin, 6 ta kumush va 3 ta bronza, jami 12 ta medalga sazovor boʻlishdi. Gʻolib va sovrindorlar roʻyxati:
Oltin medal:
-52 kg: Zilolaxon Yusufova
-70 kg: Oysha Toirova
-81 kg: Oltinoy Sotimboyeva
Kumush medal:
-48 kg: Gulsevar Gʻaniyeva
-54 kg: Uzukjamol Yunusova
-57 kg: Mushtariybonu Ibrohimjonova
-60 kg: Odinaxon Ismoilova
-75 kg: Sanobar Bozorboyeva
+81 kg: Diyoraxon Abdumannobova
Bronza medal:
-50 kg: Robiyaxon Bahtiyorova
-63 kg: Sitora Bahodirova
-66 kg: Aysenem Saruarova
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring