Yomgʻirlarga zoriqqan shahar (+fotoreportaj)
Foto: Sardorbek Poyonov/“Xalq soʻzi”
Oktyabr oxirlab qoldi. Barglar allaqachon sargʻayib, toʻkilgan. U yoqdan bu yoqqa uchadi.
Ayni kunlarda Toshkent havosini toza, deb boʻlmasa-da insonning tanasiga yoqadigan qandaydir yengil harorat bor.
Kuz! Bu faslda har kim oʻzicha bir romantik, ijodkor odamga aylanadi. Shunday qilib, men ham kameramni boʻynimga osib, “Botanika bogʻi”ga yoʻl oldim. Guruh-guruh talabalar ham shahar shovqinidan qochib kelgan keksayu yosh ham shu yerda. Bolalarning yayrab yurganini koʻrib, odamlar uchun bogʻlar koʻproq kerakligini yana bir bor oʻzimga tasdiqlagan boʻldim.
Daraxt barglari yerga toʻkilib, sariq gilamdek toʻshalgan, toʻkilmagani uzilay-uzilay, deb turibdi. Ular ham nenidir kutadi. Umuman olganda kuz manzarasi, lekin oʻsha nimadir yetishmayapti. Bu yomgʻir! Ha, aynan yomgʻir va barg hidi qoʻshilib kuzning oʻziga xos isini hosil qiladi.
Esladingizmi?! Agar oʻsha hid dimogʻingizga urilgandek boʻlgan boʻlsa, siz kuzni taniysiz.
Umid qilamizki, chang bosgan barglarni yomgʻir choʻmiltirgani keladi. Shunda sizga oʻsha kuzdan ham suratlar ulashamiz.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida
- Zakirov Farrux Karimovichni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov sharaflandi
- Polsha bilan ikkinchi jahon urushi tarixi boʻyicha hamkorlik kengaytiriladi
- Eronda internet uzilishi 47 kundan beri davom etmoqda
- WSJ: Yevropa AQSHning NATOdan ehtimoliy chiqishiga qarshi zaxira mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring