Yomgʻir suvidan elektr energiyasi olish yoʻli topildi

15:24 24 Fevral 2020 Dunyo
2695 0

Olimlar yomgʻir tomchilaridan elektr energiyasi olishning yangi usulini ishlab chiqdi. Ular misli koʻrilmagan samaradorlikka erishishdi: bir tomchi yomgʻir energiyasi 100 dona yorugʻlik diodli lampochkani yoqishga yetadi.

Bu haqda Nature jurnali yozmoqda.

Xitoylik muhandislar amerikalik hamkasblari bilan hamkorlikda oʻtkazgan tadqiqotida energiya ishlab chiqaruvchi qurilma uchun yangi interfeysni taklif qilmoqda.

Yomgʻir tomchilari generator plastinasi yuzasiga tushib, alyuminiyli elektrod hamda indiy va qalay oksidli elektrod orasida suv koʻprigini hosil qiladi. Ushbu qurilmada tomchilar rezistor, qoplama esa kondensator vazifasini bajaradi.

Loyiha mualliflarining yozishicha, ularning generatorida paydo boʻlgan oniy quvvat ilgarigi urinishlarda hosil boʻlgan quvvatdan minglab marta yuqori boʻlgan.

Qurilmaning amalda foydalaniladigan prototipi yaqin besh yil ichida tayyor boʻladi, deb vaʼda bermoqda olimlar.

Kelajakda har qanday yuzaga – uy tomi, qayiq korpusi yoki soyabonga tushadigan yomgʻir tomchilaridan energiya olish mumkin boʻladi. Yilning maʼlum davrida kuchli yogʻingarchiliklar yuz beradigan hududlarda esa energiya olishning bu usuli katta foyda keltirishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер