Yashnobod tumanida 30 mingdan ziyod xonadonni elektr energiyasi bilan taʼminlaydigan yangi podstansiya ishga tushirildi
Prezidentimizning 2023-yil 11-martda “Toshkent shahri isteʼmolchilarini energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Yashnobod tumanida 110/35/10 kVl kuchlanishli “Olmos” podstansiyasi qurilib, foydalanishga topshirildi.
Mazkur podstansiya tumandagi Olmos, Goʻzal, Chinor, Bahor, Tuzel 1-, 2-, 3- va 4- mavzelari, Argʻin, Mirishkor hamda Jarboshi mahallalari, shuningdek, ushbu hududda qurilayotgan koʻp qavatli uy-joylarning 30 mingdan ziyod xonadonlarini elektr energiyasi bilan taʼminlaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring