“Yashil chipta” tizimi joriy etiladi

21:52 30 Mart 2026 Hujjatlar
270 0

Farmonga koʻra, 3 oy muddatda “Yashil chipta” tizimi joriy qilinadi.

Bunda samolyot, poyezd, metro va taksi yoʻnalishlarida marshrutning karbon izini (taʼsirini) aniqlash va foydalanuvchilarga marshrutning tabiatga taʼsirini “yashil chipta” sotib olish orqali kompensatsiya qilish imkoni beriladi.

Ishlab chiqariladigan, saqlanadigan, ichki va tashqi bozorda realizatsiya qilinadigan mahsulotlar uchun ishlab chiqarish, saqlash va logistika jarayonlaridagi karbon izini hisoblab, xaridorga mahsulotning atrof-muhitga taʼsirini ixtiyoriy ravishda kompensatsiya qilish imkoniyati yaratiladi.

Karbon izi (taʼsiri) Ekologiya qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan qoʻllanmaga muvofiq avtomatik ravishda aniqlanadi.

“Yashil chipta” olish orqali tabiatga yetkazilgan zarar kompensatsiyasidan tushgan mablagʻlar Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasiga oʻtkaziladi hamda faqat daraxt koʻchatlarini ekish va ularni parvarishlash tadbirlariga yoʻnaltiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер