Yaqin kunlarda isitish mavsumi boshlanishi maʼlum qilindi
Toshkent shahar hokimiyat Axborot xizmatining maʼlum qilishicha, isitish mavsumi Gidrometeorologiya xizmati agentligidan isitish mavsumini maʼlum sanadan boshlash tavsiyasi olinganidan keyin Toshkent shahar hokimining qarori bilan boshlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyuldagi “Kommunal xizmatlar koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 194-son qaroriga asosan isitish davri tashqi havoning oʻrtacha sutkalik harorati 8 darajadan past boʻlgan 5 kunlik davr tamom boʻlgan kundan keyingi kundan boshlanishi, 8 darajadan yuqori boʻlganda esa tamomlanishi kerak.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring